Yangi tizimda baholanadi

Date:

Termiz shahrida maktablarda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena (WASH) holatini 3 yulduzli baholash tizimi asosida o‘rganishga qaratilgan o‘quv-amaliy treninglar tashkil etilmoqda. Mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YUNICEF hamkorligida o‘tkazilib, unda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Trening davomida maktablarda ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya infratuzilmasi, qo‘l yuvish sharoitlari, chiqindilarni boshqarish, menstrual gigiyena, gigiyena targ‘iboti hamda bolalar uchun qulay va inklyuziv muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar KOBO raqamli platformasi orqali ma’lumot to‘plash bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur o‘quvlar hududdagi maktablarda sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va bolalar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun