Surxonning sayyohlik salohiyati oshiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Matbuot uyi” faoliyati bilan tanishib, muassasaning moddiy-texnik imkoniyatlari, tahririyatlar ish jarayoni va kelgusidagi rejalarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuvda axborot sohasida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, media mahsulotlar sifatini oshirish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Shuningdek, hududda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida mutolaaga qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan ma’rifiy loyihalarni faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Tashrif doirasida Turizm boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalar taqdim etilib, viloyatning sayyohlik salohiyatini oshirish, yangi yo‘nalishlar ochish, infratuzilmani takomillashtirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Media va turizm sohalarini izchil rivojlantirish hududning ochiqligi, investitsion jozibadorligi va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun