Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida hududlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni, asosan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi. Jumladan, Qiziriq hamda Angor tumanlaridagi maktablarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati va “Jasorat sinflari” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘quv muassasalarida yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Kelajak soatlari”, tarbiyaviy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarning mazmun jihatidan boyitilishi, zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun