Maktabda “Muhandislik laboratoriyasi” ishga tushadi

Date:

Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov 44-sonli umumta’lim maktabida ilgari berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi. Tashrif davomida maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati hamda tarbiyaviy jarayonga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezidentning PF-61-sonli Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilayotgan “Muhandislik laboratoriyasi”da olib borilgan qurilish-montaj ishlari va zamonaviy texnik jihozlar bilan tanishildi. Mazkur laboratoriya yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanni ommalashtirish va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tuman hokimi ushbu loyihani yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun