Gulchilik maktabi tashkil etiladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi. “Lolazor” mahallasida “Denov gulchilik va ko‘chatchilik maktabi”ni tashkil etish loyihasi taqdim etilib, maktab uchun maqbul yer maydonini tanlash, auksion savdolariga chiqarish va qurilish ishlarini tez fursatda boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Qizilsuv daryosi bo‘yidagi bo‘sh maydonlarni mustahkamlash, hududda tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish, foydalanishga topshirilgan obyektlar faoliyatini boshlash hamda “Zarafshon” mahallasida “Texno park” sanoat zonasini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun