Tozalik nazorat ostida

Date:

Sariosiyo tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida zamonaviy nazorat-kuzatuv kameralari ishga tushirildi. Ushbu kameralar tumanning markaziy ko‘chalari, mahallalar, “Yangi O‘zbekiston” massivi hamda aholi gavjum hududlarga o‘rnatildi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi tomonidan joriy etilgan mazkur tizim noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini avtomatlashtirilgan tarzda aniqlab, qayd etadi. Bu esa hududlarda tozalikni saqlash, tartib-intizomni kuchaytirish va fuqarolarning ekologik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindi tashlagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llaniladi. Hozirda barcha kuzatuv kameralari faol holatda ishlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun