Taraqqiyot yo‘lida yangi qiyofa

Date:

Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida Termiz tumanidagi yana beshta mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, elektr ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichimlik suvi tizimini kengaytirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish hamda M–41 avtomagistrali bo‘ylab zamonaviy shaharsozlik qiyofasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar jarayonida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida kommunal xizmatlar sifatini oshirish, beshta mahallani to‘liq qamrab olgan holda aholi uchun zarur infratuzilma va xizmatlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun