Ranglar jilo sochdi

Date:

Ranglar jilosi, tasviriy san’atning sehrli qudrati orqali go‘zallik va ma’no uyg‘unlashib, betakror asarlar dunyoga keladi. Bunday san’at durdonalarini yaratish esa har kimga ham nasib etmaydi — bunga faqat iste’dod, mehnat va cheksiz ijodiy tasavvur egalarigina qodir.

Ana shunday iqtidorli yoshlar ishtirok etayotgan Toshkent shahridagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bo‘lib o‘tgan “Sehrli ranglar” respublika tasviriy va amaliy san’at ijodiy tanlovida Termiz shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining “Tasviriy san’at” yo‘nalishi 1-sinf o‘quvchisi To‘xtashova Komila munosib ishtirok etdi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, Komila o‘zining ijodiy yondashuvi, ranglar bilan ishlash mahorati va badiiy tasavvuri orqali hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘lib, o‘z yo‘nalishida faxrli I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq nafaqat yosh ijodkorning ilk muvaffaqiyati, balki kelajakda san’at olamida yuksak marralarni zabt etishiga ishonchli qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bunday natijalar yosh avlod qalbida san’atga muhabbat va ijodga intilishni yanada mustahkamlashi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun