Tartibli va shaffof

Date:

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga barham berish hamda bozorlarda tartibli va shaffof savdo muhitini yaratish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. Tashrif davomida markaziy oziq-ovqat va dehqon bozorlari faoliyati, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarini tashkil etish hamda savdo jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish va hududlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilinib, bozorlarda videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur o‘rganishlar aholiga qulay, xavfsiz va qonuniy savdo muhitini yaratish, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun