Hammaga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” profilaktik tadbiri davom etmoqda. Ushbu tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning daxldor idora va tashkilotlari bilan hamkorlikda bir qancha profilaktik tadbirlarni amalga oshirildi. Jumladan, kunlik ishchi guruh shakllantirilib, tumanda joylashgan 17 ta korxona, muassasa va tashkilotlar batafsil tekshiruv, 20 tasida esa profilaktik tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Tekshiruv va profilaktik tadbirlar davomida korxona va tashkilotlarda aniqlangan 329 ta kamchiliklarning 291 tasi bartaraf etilishiga erishildi. Joyida bartaraf qilishning imkoni bo‘lmagan kamchiliklar yuzasidan aniq reja-dastur ishlab chiqilib, ijroga qaratildi. Aholi turar joylarida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tumanda joylashgan 21 ta ko‘p qavatli uylar va ko‘p qavatli uylardagi 35 ta xonadon hamda 1 717 ta yakka tartibdagi aholi yashash uylaridan yashash uyi egalari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, 492 ta kamchilik aniqlandi hamda shundan 457 tasi joyida bartaraf etilishiga erishildi. Bundan tashqari, “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi”ga oid eslatma va bukletlar tumanning aholi ko‘p yig‘iladigan joylarida fuqarolarga tarqatildi.
Targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish va ta’sirchanligini oshirish maqsadida korxona va tashilotlarda yig‘ilish o‘tkazilib, yurtimizda sodir bo‘lgan yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning ayanchli oqibatlari haqidagi videoroliklar namoyish ettirilib, fuqarolar yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, vohamiz aholisidan yashash xonadonidan xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan ogohlikka chaqirgan holda “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” profilaktik tadbirida faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
S.Jabborov,
Boysun tumani FVB inspektori,
mayor

