Qizlar to‘p suradi

Date:

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil etilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman (shahar) bosqichi rasman boshlandi. Musobaqada viloyatimizdagi umumta’lim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan, 14–18 yoshli o‘quvchi-qizlar faol ishtirok etmoqda.

Mazkur sport bellashuvining asosiy maqsadi — qizlar o‘rtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, shuningdek, iqtidorli va istiqbolli sportchi-qizlarni aniqlashdan iborat. Uchrashuvlar FIFA tomonidan belgilangan futbol qoidalari asosida o‘tkaziladi. Musobaqaning final bosqichida 16 ta eng kuchli jamoa o‘zaro bahs olib boradi.

G‘olib va sovrindorlar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan shaxsan taqdirlanadi. 1-, 2- hamda 3-o‘rin g‘oliblariga “Damas” avtomashinasi hamda pul mukofotlari beriladi. Shuningdek, respublika bosqichining barcha ishtirokchilari uchun vazirning maxsus sovg‘alari ham taqdim etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jahon e’tirofidagi tarixiy yutuq

O‘zbekistonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yana bir ulkan...

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...
KunTun
KunTun