Harakatlar rejasi ishlab chiqildi

Date:

Termizda Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari va ijtimoiy soha bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari uchun ikki kunlik treninglar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Yuksalish” harakati, Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda YUNICEF hamkorligida “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvning inklyuziv transformatsiyasi” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Treningning asosiy maqsadi — yoshlarni qaror qabul qilish jarayoniga faol jalb qilish, mahalliy boshqaruvda ularning tashabbus va fikrlarini hisobga olish hamda yoshlar maslahatlari mexanizmlarini rivojlantirishdan iborat edi. Ishtirokchilar xalqaro va milliy tajriba bilan tanishib, byudjet jarayoni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi va kelgusi 6 oyga mo‘ljallangan harakatlar rejasini ishlab chiqdi.

Trening natijasida ishtirokchilar mahalliy boshqaruvda yoshlar maslahatlari tuzilmasi, vakolatlari va funksiyalarini chuqur o‘rganib, budjet jarayonida yoshlar ustuvorliklarini hisobga olish va tashabbusli budjetlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi. Guruhlarda ishlab chiqilgan harakatlar rejasi esa hududlarda yoshlar ishtirokini yanada samarali tashkil etishga imkon yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun