Xizmatlar qamrovi kengayadi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani Yangi hayot mahallasida joylashgan “Xursandoy” sanatoriysi hududida tashkil etilgan keksalarni kunduzgi parvarishlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, xizmatlardan foydalanayotgan keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashildi, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya sohasi mas’ullari tomonidan viloyatda Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi faoliyatini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan rejalar taqdimot qilindi.

Viloyat rahbari samarasiz ishlayotgan yoki bo‘sh turgan binolardan samarali foydalangan holda, zamonaviy shart-sharoitlar yaratish orqali keksalarni kunduzgi parvarishlash xizmatlarini tashkil etish, shuningdek, mazkur xizmatlar qamrovini kengaytirish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun