Bo‘sh binolarda yangi loyihalar…

Date:

Surxondaryo viloyatida davlat mulki bo‘lgan bo‘sh bino va inshootlardan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan manzilli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi bo‘sh obyektlar negizida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Unda Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari tomonidan banklar balansidagi bo‘sh binolarni auksion savdolariga chiqarish hamda tayyor loyihalarni tezkor yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi. Taqdimot yakunida viloyat rahbari ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, investorlar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, hokim “Tinchlik” yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasida xorijiy investor ishtirokida amalga oshirilayotgan to‘qilgan gilamlar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Mazkur loyiha eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan birga, hududda, ayniqsa, xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Mas’ullarga loyiha ijrosini qisqa muddatda boshlash va ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ishonch yorliq”lari topshirildi

Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Bolalar...

“Statistika sinflari” ish boshladi

Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari...

Noqonuniy ov fosh etildi

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Muzrabot...

Salomatlik yo‘lida muhim qadam

Mamlakatimizda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va...
KunTun
KunTun