Kitobxonlar uchun munosib tuhfa

Date:

Surxondaryo viloyatida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida kutubxonalar faoliyatini zamonaviy talablarga moslashtirish ishlari davom etmoqda. Shu doirada viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon sohili” mahallasida joylashgan Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar natijasida markaz joylashgan eski bino o‘rnida zamonaviy va ko‘rkam yangi kutubxona binosini barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Yangi binoda kitobxonlik zallari, Wi-Fi hududlari, elektron kutubxona hamda sun’iy intellekt asosidagi raqamlashtirilgan kitob fondlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Loyiha yoshlar va kitobsevarlar uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun