“Xalq bilan armiya —bir tan-u bir jon”

Date:

Termiz tumanidagi Gulbahor aholi punktida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Xalq bilan armiya – bir tan-u bir jon” shiori ostida o‘tkazilib, harbiy xizmatchilar va tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Musobaqa davomida yoshlar sport orqali jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash bilan birga, armiyaga bo‘lgan hurmat va Vatan himoyasiga sadoqat ruhini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida g‘olib jamoa va ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlar hayotida nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, balki vatanparvarlik, jamoaviy ruh va mas’uliyat hissini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

O. Ismoilov,
kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun