Obodonlashtirish ishlari tanqid ostida

Date:

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida tanlab olingan mahallalarda keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Yangiyer” mahallasida dastur doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik ishlab chiqarish, sanoat va turizm yo‘nalishidagi drayver loyihalar taqdimot qilindi. Har bir loyiha yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yangi obyektlar qurilishini boshlash, amalga oshirilayotgan loyihalarda ish sur’atini jadallashtirish vazifalari belgilab berildi.

Tashrif davomida viloyat rahbari tuman markazida joylashgan xiyobonda amalga oshirilayotgan ishlar holatini ham ko‘zdan kechirdi. Aholi hordiq chiqaradigan maskanda obodonlashtirish ishlarining sust olib borilayotgani keskin tanqid qilindi.

Mas’ullarga xiyobon hududida aholi uchun qulay xizmatlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, attraksionlar va zamonaviy hordiq maskanlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, ularni davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirish hamda investitsiya shartlari orqali tadbirkorlarni faol jalb etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohalar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda

Bugun tongni telefon signalisiz, yangiliklarni internetsiz, muloqotni ijtimoiy tarmoqlarsiz...

TERMIZGA YO‘L…

(Termiz sayyohlar nigohida) Ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimizda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan...

 G‘olib bo‘lmagan loyihalar ham moliyalashtiriladi

2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli...

Maktab qurilishi qanday ketmoqda?

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida 2025-yilgi Investitsiya dasturi asosida 504...
KunTun
KunTun