Prokuratura xodimlari e’zozlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, prokuratura tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda prokuratura organlarining o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Bu mas’uliyatli vazifalarni bajarishda soha xodimlarining professional mahorati, fidoyiligi va Vatanga sadoqati muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Tantanali marosimda halol va samarali mehnati bilan ajralib turgan bir guruh prokuratura xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tizim faxriylari e’zozlanib, ularga chuqur minnatdorlik bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun