Surxandaryo viloyatida 2025-yil 9 oy davomida berilgan himoya orderlari soni (2 183 / 3 159 taga) (+976) tani tashkil qilgan. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning 2774 tasi oilada, 115 tasi ko‘chada, 21 tasi jamoat joylarida, 7 tasi ta’lim muassasalarida va 26 tasi mehnat jamoalarida, ya’ni ish joylarida sodir etilgan. Ximoya orderlarining 2 160 tasi eridan himoyalash uchun xotiniga, 163 tasi qaynonadan himoya qilish uchun kelinga va 357 tasi boshqa shaxslardan himoyalash uchun xotin-qizlarga berilgan.
Sodir etilgan zo‘ravonliklarning 643 tasi jismoniy, 5 tasi jinsiy, 54 tasi iqtisodiy va 1477 tasi ruhiy zo‘ravonliklarni tashkil qilgan. Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan 1410 ta tazyiq o‘tkazish holatlari ham qayd etilgan.
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlari Denov 425 ta (+142), Termiz shaxar 200 ta (+36), Jarqurg‘on 232 ta (+110), Shurchi 302 ta (+99) Qumqurg‘on 277 ta (+58) va Sherobod 255 ta (+81) ni tashkil etib, viloyatda eng yuqori salbiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Xotin-qizlarga berilgan himoya orderlarining berilishi tahlil qilinganda 2 801 ta holatda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarning o‘zi murojaat qilgan (670 ta 102 raqamiga kelib tushgan xabarlar), 243 ta holatda (3,6 %) jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari asosida, 89 ta holatda vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanganda, 26 ta holatda davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar asosida himoya orderlari rasmiylashtirilgan, sud tomonidan 8 ta berilgan orderning amal qilish muddati uzaytirilgan, 169 nafariga mamuriy jazo qo‘llanilgan.
Zo‘ravonlik holatlari “mahalla yettiligi” tomonidan oldindan aniqlanmasdan va bartaraf etilmasdan, ayol zo‘ravonlik qurboniga aylanib bo‘lganidan keyingina va jabrlangan ayolning murojaati asosida himoya orderi rasmiylashtirilmoqda.
Ijtimoiy profiliktika yo‘nalishida “E-ijtimoiy profilaktika” tizimida 2025 yilning shu kunga qadar xotin-qizlar faollariga jami 23 480 ta xulosalar yuborilgan, shundan 20 183 tasi yakunlangan, 3 163 tasi qabul qilingan, 114 tasi jarayonda.
2025-yil boshida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida 9 022 nafar xotin-qizlar turib, iyun oyiga qadar 2269 nafar xotin-qizlar profilaktik xisobga olinib, 1 989 nafari profilaktik xisobdan chiqarildi, hisobot oxirida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar 9 302 nafarni (2024-yil 7 002 nafar + 2 300) tashkil etgan.
Profilaktik xisobda turuvchi 188 nafariga ishga joylashtirishda ko‘maklashilgan, 316 nafariga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan, 80 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 112 nafariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta tiklashda amaliy yordam ko‘rsatilgan, 37 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashilgan, 44 nafari “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari”ga yuborilgan.
Bu shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ayollarga berilayotgan xuquq va imtiyozlar ularni jamiyatda o‘z o‘rnini egallashga xizmat qilmoqda.
Nigora Turopova,
TerDu Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD

