Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

Date:

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va mustaqilligi tarixida muhim ahamiyatga ega sanalardan. Bu kun Vatan osoyishtaligi, xalqimiz tinchligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tirof ifodasidir.
Bugungi kunda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy jarayonlar, xavfsizlikka tahdidlar har bir davlatdan kuchli va zamonaviy armiyaga ega bo‘lishni talab etmoqda. Shu jihatdan, O‘zbekistonda milliy armiyani mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham o‘z dasturida armiyani nafaqat harbiy kuch, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining muhim omili sifatida baholaydi.
Partiya dasturida ta’kidlan-ganidek, kuchli armiya — bu faqat zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlangan tuzilma emas, balki yuksak ma’naviyatga ega, milliy qadriyatlarga sodiq, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan harbiy xizmatchilar timsolidir. Aynan shunday armiya xalq ishonchini qozonadi va davlat mustaqilligini ishonchli himoya qiladi.
So‘nggi yillarda Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar armiyamizning jangovar tayyorgarligi va nufuzini sezilarli darajada oshirdi. Harbiy ta’lim muassasalarining zamonaviylashtirilishi, professional kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan munosib sharoitlar bunga yaqqol misoldir. Bu esa armiyada xizmat qilish nufuzini oshirib, yoshlar orasida harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirmoqda.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi qarashlariga ko‘ra, milliy armiyani rivojlantirishda tarixiy xotira va milliy merosga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk sarkardalarimizning jasorati, ajdodlarimizning Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoyiligi bugungi avlod uchun ibrat maktabidir. Yoshlar ongida vatanparvarlik, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish orqali kelajakda yanada qudratli armiyani barpo etish mumkin.
Bugun jamiyatda “Armiya va xalq birligi” tamoyilini mustahkamlash dolzarb vazifaga aylangan. Har bir fuqaro tinch hayotimiz ortida Vatan himoyachilarining mashaqqatli va sharafli xizmati turganini chuqur anglab yetishi zarur. Chunki kuchli armiya — bu faqat harbiylarning emas, balki butun xalqning umumiy yutug‘idir.

Ulug‘bek Xo‘jaqulov,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi
raisi o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...

Xalqaro  talablarga  mos: Sifat, standart  va  ishonch…

Bugungi kunda sanoat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh...

3 ta tumanga 230 milliard so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va...

Ta’lim  tizimi  taraqqiyot  bosqichida

Yurtimiz, xususan viloyatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy...
KunTun
KunTun