Ustuvor olti yo‘nalish

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyotining yaqin va o‘rta muddatli istiqbolini belgilab bergan muhim siyosiy-dasturiy hujjat sifatida tarixga kirdi.Murojaatnoma xalq bilan ochiq muloqot, javobgarlik va aniq natijaga qaratilgan davlat boshqaruvi tamoyillarini yanada mustahkamladi. Unda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan 6 ta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
Mazkur yo‘nalishlar davlat boshqaruvi, iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy soha, ta’lim-tarbiya, raqamlashtirish hamda qonun ustuvor-ligini ta’minlash kabi hayotiy muhim masalalarni o‘z ichiga oladi.
Prezident Murojaatnomasida inson qadrini ulug‘lash, aholining turmush sifati va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu yo‘nalish davlat siyosatida “inson – jamiyat – davlat” tamoyilining ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar masalalari, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining sifatini oshirish orqali jamiyatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmoqda.
Yangicha iqtisodiy fikrlash, xususiy sektorni rivojlantirish, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash asosiy maqsad etib qo‘yildi. Bu borada mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga yangi ish o‘rinlari yaratilishi, investitsiya loyihalarining joylarda samarali amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish vazifasi yuklatilmoqda.
Prezident Murojaatnomasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish masalasi mamlakat kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil sifatida qaraldi. Ayniqsa, pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish muhim masala sifatida e’tirof etiladi. Oliy ta’lim muassasalari, xususan pedagogika yo‘nalishida zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamli pedagogika va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish orqali inson kapitali sifatini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu vazifalarni bajarishda ta’lim muassasalari rahbarlari va deputatlarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Murojaatnomada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda samaradorlikni oshirishning muhim omili sifatida belgilab berildi. Davlat xizmatlari, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda raqamlashtirish orqali ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda. Bu jarayon fuqaro-larning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, byurokratik to’siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish va davlat boshqaruvida hisobdorlikni oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Prezident Murojaatnomasi har bir rahbar va mansabdor shaxsdan xalq oldida mas’uliyatni talab qiladi. Deputat sifatida joylarda aholi bilan ochiq muloqot olib borish, murojaatlarni hal etish va muammolarni qonun doirasida bartaraf etish — ushbu ustuvor yo‘nalishning amaliy ifodasidir.
Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan har bir yo‘nalish O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratadi. Ushbu yo‘nalishlar nafaqat davlat idoralari, balki deputatlar, jamoatchilik va har bir fuqaro uchun aniq vazifalarni belgilab beradi.
Biz, xalq vakillari sifatida, ushbu strategik vazifalarning joylarda to‘liq va samarali ijrosini ta’minlashga bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etishimiz lozim.
Zotan, Prezident belgilab bergan yo‘l — xalq farovonligi va mamlakat ravnaqiga olib boradigan eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Ra’no Salomova,
Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun