“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Date:

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi bilan yanada fayzli va unutilmas. Ba’zi kattalar mana shunday kunlarda farzandlarining yonida
bo‘la olmagani uchun o‘zlarini aybdor sezishlari aniq.Chunki kimningdir otasi, yana kimlarningdir onasi ham xorijda — ishlash uchun ketishgan. Bu esa bolajonlar ko‘nglini biroz xira qilishi mumkin. Ota-onalarning farzandlari taqdiri, oilasining yanada farovonlashishi uchun qilgan bunday qarorlari, albatta, vaqtinchalik. Bir muddatlik ayriliq esa hech kimni xafa qilmasligi lozim. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Termiz shahridagi tantanalar majmuasida “Xorijdagi vatandoshlarimiz oilalari doimiy e’tiborda” shiori ostida xayriya va ko‘ngilochar bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov so‘zga chiqib, mehnat migrantlari va ularning oilalari, ayniqsa, farzandlarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlab, bolajonlarni bayram bilan samimiy qutladi.
Shundan so‘ng, bayram tadbiri doirasida bolajonlar uchun rang-barang madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etildi. Sahnaga bolajonlar taklif etilib, ular bilan qiziqarli shartlar bajarildi. Bolajonlar orasida Bahrom ingliz tilida o‘zini tanishtirdi, kichkintoy Muhammadalining uyatchanligi esa onasi uchun katta sinov bo‘ldi. Onajon farzandi uchun hammadan ko‘proq tez aytish aytishiga to‘g‘ri keldi. Har yilgi “Qorbobomiz oppoq…” deb boshlanguvchi senariyga o‘zgartirish kiritilganmi yoki bolajonlar ko‘proq she’r yod olishganmi, bu galgi bayramda Nodirbek “Chang‘i”, Shukrona esa “Yangi yil” haqidagi she’rlarni o‘qishdi. Otajon esa yosh bo‘lishiga qaramay, rus tilida ravon tilda she’r o‘qidiki, barchaning olqishlari bilan tasannolar aytildi. Yana kimdir qo‘shiq, kimlardir raqsga tushdi. Jarayonni kuzatish esa har bir tomoshabinga zavqli va maroqli bo‘ldi. Albatta, bunday sa’y-harakatlar besamar ketmadi. Har bir bolaga Yangi yil sovg‘alari ulashilib, ularga ko‘tarinki bayramona kayfiyat bag‘ishlandi.
— Bugungi bayram juda ajoyib o‘tdi, — deydi oltinsoylik, 6 yoshli Tohir Raimqulov. — Hammasidan yoqqani Qorbobolarning kirib kelishi bo‘ldi. Bu holat meni ertaklar olamiga tushirib qo‘ygandek bo‘ldi. Dadam qo‘ng‘iroq qilib, “Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman” degan edilar. Bugun shu sovg‘ani qabul qilib olib, juda quvondim. Bu Yangi yilni sira unutmayman.
Bolajonlarning ko‘zlaridagi ishonch va umid, xursandchilik, qolaversa, sahnaga chiqib nimalarga qodir ekanini namoyon etishayotganini ko‘rib, ota-onalarning vatandan uzoqda ishlab topayotgan har bir so‘mi to‘g‘ri yo‘nalganini, bu mablag‘ kelajakka sarmoya bo‘lib tikilganini anglash mumkin. Bu esa yoshlarimiz taqdiriga befarq emaslik hissi har bir ota-onani o‘ylantirib, bu yo‘lda tinim bilishmayotganini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun