Loyihalar ijrosi muhokamada

Date:

Prezidentimiz huzurida 2025-yil 26-dekabr kuni Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining ijrosi hamda kelgusidagi rejalar bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda davlatimiz rahbari tomonidan vazirliklar va viloyat hokimligiga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining mavjud salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror imzolandi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur qarorda belgilangan vazifalar hamda mahallalarda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Mas’ul tashkilotlar tomonidan soha, tarmoq va yo‘nalishlar kesimida rejalar taqdimot qilindi, amalga oshirilayotgan va boshlanishi rejalashtirilgan loyihalar, shuningdek, Jahon banki va Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi infratuzilma loyihalari ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish, tasdiqdan o‘tganlarini o‘z vaqtida boshlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar sur’atini jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun