Kelajakka mas’uliyatli qadam

Date:

Ekologik muvozanatni ta’minlash yo‘lida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida 10 ming gektar maydonda “Yashil makon” barpo etilishi belgilangan.

Mazkur loyiha doirasida Angor va Termiz tumanlari tutash hududda, M–39 avtomagistrali bo‘yida joylashgan 220 gektar maydonda 16 million tup ko‘chat ekilib, ekologik holatni yaxshilashga xizmat qiluvchi yashil belbog‘ shakllantirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar shamol va chang oqimlarini kamaytirish, hudud tabiatini asrashga qaratilgan.

Ushbu ezgu tashabbusni chin dildan qo‘llab-quvvatlayotganlar safida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ham bor. Ular o‘z tashabbuslari va ekologik mas’uliyat hissi bilan ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, kelajak avlod uchun yanada sog‘lom muhit yaratishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun