Sportchilarimiz g‘oliblar safida

Date:

Para taekvondo sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining mahorati va qat’iyatini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, markazning 1-bosqich talabasi Asilbek Norturayev munosib bellashuvlar orqali faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 11-sinf o‘quvchisi Sug‘diyona Normuminova raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijalar Termiz sport maktabida para sport turlariga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda murabbiylar mehnatining samarali natijasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun