Maktablarda baholash tizimi o’zgaradi

Date:

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviylashtirish va xalqaro tajribani joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Xususan, 1 000 ta yangi avlod darslik majmualari chop etilib, ular asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dastur ishlab chiqiladi. Shuningdek, har yili ta’lim muassasalariga 600 nafar xorijiy, “til egasi” bo‘lgan mutaxassislar jalb qilinishi belgilangan.

Eng muhim yangiliklardan biri — Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda qo‘llanilayotgan baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishdir. Mazkur tizim 2030-yilga borib barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini to‘liq, ya’ni 100 foiz qamrab olishi rejalashtirilgan.

Ushbu islohotlar orqali ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun