Maktabiga bormay tomorqaga kirmang

Date:

Termiz tumanining “Qahramon” mahallasi hududdagi ishbilarmon aholi vakillarini, bahamjihat va mirishkor dehqonlarni, tomorqaning qiymatini zar qadar bilgan ziroatkorlarni jamlagan manzil deya olamiz.O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlarga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlar tomonidan joriy yilning yanvar oyida Termiz tumanining “Qahramon” mahallasida “Namuna Elegant Agro” MCHJ tomonidan tashkil etilgan Surxondaryo innovatsion tomorqa maktabi faoliyati va u yerdagi o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib, aholi bandligini oshirish, balki zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalashtirish, serdaromad ekinlarni targ‘ib qilish va kambag‘allikni qisqartirish borasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlar belgilangan edi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat hamda shahar, tuman Kengashlari tomonidan “xonadonbay” yurib aholi tomorqalaridan foydalanishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilganda kam daromatli 420 dan ortiq xonadon egalarini Surxondaryo innovatsion tomorqa maktabida o‘qishlariga tavsiyalar berilgan. Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi tashabbusi bilan 20 ga yaqin fuqaro ushbu tomorqa maktabida o‘qidi.
Bugungi kunda “Tomorqa maktabi”da jami 980 nafar ishsiz aholi, jumladan, 239 nafar kambag‘al oila vakillari qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha agronomlar, usta-dehqonlar va soha mutaxassislari tomonidan, aholiga issiqxona boshqaruvi, daromadli ekinlar tanlovi, agrotexnologiyalarni qo‘llash, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar berilib, o‘qitib kelinmoqda. O‘qitilgan fuqarolarning 875 nafari o‘z tomorqalaridan samarali foydalanib, doimiy qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur hamkorlik kelishuvi asosida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi hamda Oltinsoy tuman kengashi vakillari innovatsion tomorqa maktabi faoliyatining samaradorligini oshirishga yaqindan ko‘maklashish maqsadida mazkur maktabda bo‘lib, u yerda yetishtirilayotgan limon, banan, papaya, bulg‘or qalampiri, rukkola, turli karamlar, zaytun, lavanda, rozmarin, qulupnay, anjir, mandarin va apelsin kabi yuqori daromadli ekinlar parvarishi bilan yaqindan tanishib hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Surxondaryo innovatsion tomorqa maktabi nafaqat aholi bandligini oshirish, balki zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalashtirish, serdaromad ekinlarni targ‘ib qilish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi ushbu ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining agroiqtisodiy savodxonligini oshirishga qaratilgan faoliyatni izchil davom ettiradi.

Barno ESHANQULOVA,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Oltinsoy tuman Kengashi
raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

To‘lagan soliqlarimiz qayerga sarflanyapti?

2026-yil 1-yanvardan boshlab Openbudget.uz portalida yangi modul ishga tushirildi....

8 mingdan ortiq bolaga omonat hisobvaraqlari ochildi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan...

“Sayrob”ga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga...

Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangidan qurilgan...
KunTun
KunTun