Reja puxta, hujjatlar soxta… edi

Date:

Jamiyatda tadbirkorlik rivoji qonun va halollikka tayanishi shart. Aks holda, foyda ortidan quvish oxir-oqibat jamiyat ishonchini yemiradi, moliyaviy tizimni larzaga keltiradi. Quyidagi holat — tergov materiallariga ko‘ra — aynan shunday og‘ir oqibatlarga olib kelgan qing‘ir yo‘llarning yorqin misolidir.
Xurram Sotvoldiyev (ism-sharifi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari sifatida, noqonuniy yo‘llar bilan moddiy manfaat ko‘rish maqsadida bir qator jinoyat alomatlariga ega harakatlarni sodir etganlikda gumon qilinadi. Xususan, qurilishi yakunlanmagan ikki uyning hujjatlarini soxtalashtirib, ular ikki kuyovining nomiga rasmiylashtiriladi va shu asosda katta miqdorda kreditlar olinadi.
Mazkur kreditlarni yopish niyatida esa, yana boshqa qing‘ir yo‘llarga qo‘l uradi. Shuningdek o‘rganishlar davomida kadastr xodimlari va notariuslar chalg‘itilgani, MChJ faoliyat turiga qurilish va ta’mirlash xizmatlari qo‘shilgani hamda kottej uylar qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzilgani oydinlashadi. Tayyor bo‘lmagan obyektlar tayyor kottejlar sifatida ko‘rsatilib, hujjatlar rasmiylashtirilgani va natijada yana bankdan 4 milliard so‘mdan ortiq kredit olingani, bu mablag‘lar esa oldingi qarzlarni yopishga yo‘naltirilgani ta’kidlanadi.
Bu holatda muammo faqat bitta shaxs yoki bitta kredit bilan cheklanmaydi. Gap — tizimli aldov, hujjatlar bilan o‘ynash va moliyaviy mas’uliyatsizlik zanjiri haqida bormoqda. Bir qarzni yopish uchun ikkinchi qarz, ikkinchisini yopish uchun uchinchi “sxema” — bu yo‘l baribir boshi berk ko‘chaga olib boradi.
Oxir-oqibat qing‘ir ishning qiyig‘i chiqib, ish sudga oshgani esa ayni muddao. Bu voqea yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, soxta hujjatlar va aldov bilan qurilgan “muvaffaqiyat” uzoqqa bormaydi. Qonunni chetlab o‘tish orqali olingan foyda — vaqtinchalik, ammo uning zarari uzoq yillar jamiyat zimmasida qoladi. Halol tadbirkorlik muhitini saqlash uchun esa bunday holatlarga murosasiz munosabat va qat’iy huquqiy baho zarur.

Shohjaxon Umarxonov,
Viloyat prokuraturasi tergov tarmoqlari ustidanazorat bo’limi prokurori,
2-darajali yurist
Otabek Absamatov,
Termiz shahar prokuraturasi katta tergovchisi,
2-darajali yurist

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun