O‘t bilan o‘ynashma

Date:

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, xavfsiz muhitni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligiga oid keng qamrovli targ‘ibot va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida bolalarga yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalari sodda va tushunarli tarzda tushuntirilmoqda. Xususan, o‘t bilan o‘ynashning xavfli ekani, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in kelib chiqqan taqdirda, zilzila sodir bo‘lganda qanday harakat qilish lozimligi haqida muloqotlar, rasmli ko‘rgazmalar va sahna ko‘rinishlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, tarbiyachilar va xodimlar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinib, zilzila,  yong‘in holatlarida bolalarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, chiqish yo‘llaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mashqlar o‘tkazilmoqda. Bu orqali xodimlarning mas’uliyati va tezkor harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.

Tuman, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi  mutaxassislari tomonidan, yong‘in xavfsizligi vositalari, o‘t o‘chirish jihozlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bolalarga o‘t o‘chiruvchilar kasbi haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, ularda xavfsizlikka bo‘lgan ongli munosabat shakllantirilmoqda.

Mazkur tadbirlar bolalarning yoshlikdanoq xavfsiz hayot qoidalarini bilishlariga, ehtimoliy xavflarni anglashlariga hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmasini hosil qilishga xizmat qilmoqda. Kelgusida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bunday profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirib boriladi.

Zulfiya Sohibova,

viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun