Bandixondan xalqaro yutuq

Date:

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Jamshid Xolmurotov SAT imtihonidan 1400 superscore natija qayd etib, tumani va maktabi sharafini yuksaltirdi. Ushbu yuqori ball Jamshidga dunyoning yetakchi, jumladan Top 50 talik universitetlariga hujjat topshirish imkonini beradi.

SAT (Scholastic Assessment Test) — AQSh va boshqa ko‘plab mamlakatlarning nufuzli universitetlari tomonidan tan olinadigan standartlashtirilgan xalqaro imtihon bo‘lib, unda abituriyentlarning matematika, ingliz tili va yozish ko‘nikmalari baholanadi. 1400 ball — o‘quvchining mustahkam bilimga, mantiqiy tafakkurga va yuqori akademik salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi.

Jamshidning ushbu yutug‘i nafaqat shaxsiy mehnat va intilishning mevasi, balki ixtisoslashtirilgan maktablarda yaratilayotgan ta’lim muhitining samaradorligini ham ko‘rsatadi. Bu natija yoshlarimizning xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishi, katta marralarni ko‘zlab, ishonch bilan olg‘a intilayotganini yaqqol namoyon etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun