“Uchyog‘och”da nima gap?

Date:

Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanidagi “Uchyog‘och” mahallasida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida avval yagona ijtimoiy reyestrda bo‘lgan, hozirda esa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishsiz xotin-qizlarni tikuvchilikka o‘rgatish kursini tashkil etgan Nargiza Tursoatovaning o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, uy sharoitida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish orqali xotin-qizlarni daromadli qilishga qaratilgan loyiha bilan tanishildi.

Bandlik sohasi mutasaddilariga tadbirkor ayol bilan hamkorlikda to‘lov asosida 100 nafarga yaqin ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘qitish hamda shu orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, yagona ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilani kambag‘allikdan chiqarish, mahallani ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi ham o‘rganildi. Tashrif davomida viloyat rahbari Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalarga sovg‘alar topshirdi.

Bundan tashqari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “Uchyog‘och poshxurt” MCHJning polietilen quvurlar ishlab chiqarish korxonasi hamda “Toshpo‘latov Jo‘raniyoz” fermer xo‘jaligining chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganishlar yakunida mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bir yoqadan bosh chiqarib…

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Ko‘ganli” mahallasi aholisini suv bilan ta’minlab kelayotgan...

Olis hududlardagi maktablar uchun onlayn darslar

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 19-dekabrdagi...

Parrandachilik sohasida yangi loyiha

Oltinsoy tumanidagi Bibizaynab mahallasi hududida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish,...

Tayyorgarligi baholandi

Sportning gandbol turi bo‘yicha U-14 yosh toifasidagi o‘smirlar va...
KunTun
KunTun