Sifatli ta’lim — samarali natija

Date:

Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablarida “Sifatli ta’lim — samarali natija” shiori ostida innovatsion darslar tashkil etilmoqda. Jumladan, tumandagi 54-sonli umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Saidova O‘g‘iloy tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun “Mayl shakllari” mavzusida namunali ochiq dars o‘tkazildi.

Darsda zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanilib, o‘quvchilar mustaqil ish orqali o‘z kuch, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish ularning egallagan bilimlarini mustahkamlashga yordam berdi.

 Dars yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarning ota-onalariga qo‘ng‘iroq qilib minnatdorchilik bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun