“Kapa yurt” — imkoniyatlari bisyor loyiha

Date:

Sherobod tumanida joylashgan “Xo‘jaikon” tuz g‘ori salohiyatidan zamonaviy yondashuvlar asosida samarali foydalanish, hududni iqtisodiy va turistik jihatdan rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Kapa yurt” MCHJ tomonidan Germaniyaning mashhur “Bizayla” kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 50 million AQSH dollariga teng bo‘lgan “Salomatlik turizmi” shaharchasi barpo etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda barpo etilayotgan kapsula uylari, xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan loyihani amalga oshirish bosqichlari va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, loyiha doirasida “UZSALT” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan tuz mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi. Ishlarni jadallashtirish, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun