“Yashil qalqon” barpo etilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Angor tumani Qoraqir massivida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tap-taqir, toshloq va gipsli dasht hududlarni yashil hududga aylantirishni maqsad qilgan loyiha doirasida shamol va changdan himoyalovchi “yashil qalqon” yaratish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Qoraqir massividagi tepalik va dashtliklarda yer maydonlari maxsus texnikalar yordamida yumshatilib, ko‘chat ekishga tayyorlanmoqda. Umumiy 104 gektar maydonda 300 mingga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘chatlarning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari joriy etiladi, tayyorlov ishlari esa ommaviy hasharlar orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha ekologik muhitni yaxshilash, hudud iqlimini sog‘lomlashtirish va kelajak avlod uchun barqaror yashil makon yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun