124 ta murojaatdan 23 tasi joyida hal

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi onlayn ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan muloqotda avvalgi qabullarda berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Videomuloqot davomida shahar va tumanlardan kelib tushgan 105 nafar fuqaroning 124 ta murojaati muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, 23 ta murojaat qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi.

Shuningdek, tadbirkorlar ishtirokidagi qabulda 51 ta murojaat ko‘rib chiqilib, 17 tasi joyida yechim topdi. Қolgan masalalarni chuqur o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish vazifalari mas’ullarga yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun