Faol yoshlar sahnada

Date:

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi boshlandi. Tanlov yoshlar yetakchilarida Vatanga sadoqat, faollik, intellektual salohiyat va liderlik ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan 150 nafar yoshlar yetakchisi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim va tashabbuslarini namoyish etdi. Ularning har biri yoshlarga ko‘mak berish, mahallada ma’naviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda katta mehnat qilayotgan fidoyi yoshlar ekanini yana bir bor isbotladi.

G‘oliblar respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu tanlov yosh yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini keng ommaga namoyish etish va yangi g‘oyalarni rag‘batlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun