Sayohat ruhiyatni yuksaltirdi

Date:

Bandixon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari azim va betakror Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirdi. Ushbu safar nafaqat tarixiy maskanlarni ko‘rish, balki buyuk ajdodlarimiz yaratgan tamaddun bilan yaqindan tanishish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning qadim o‘tmishdan hikoya qiluvchi yodgorliklari — ulkan me’moriy obidalar, tarixning guvohi bo‘lgan maydonlar va madaniy meros namunalarini ko‘zdan kechirdilar. Har bir qadamda ajdodlarimiz dahosini his etish, ularning ilm-fan, me’morchilik va davlat boshqaruvi sohasida yaratgan bebaho merosidan faxrlanish imkonini berdi.

Bu ma’rifiy safar xodimlarga vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, yurtimiz tarixi va merosiga hurmat bilan qarashni yanada chuqurlashtirishga sabab bo‘ldi. Samarqandning betakror ruhi esa har bir ishtirokchi qalbida faxr, g‘urur va ilhom uyg‘otdi.

Oldingi sahifaYechimi muhokamada
Keyingi sahifaTayyorgarlik qizg‘in

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...
KunTun
KunTun