Muvozanat moslashuvi muhim

Date:

Taekvondo – Sharq jang san’atining keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, jismoniy tayyorgarlik, texnik mahorat, ruhiy bardoshlilik va axloqiy tarbiyani uyg‘unlashtirgan sport turi hisoblanadi. Bugungi kunda taekvondo bo‘yicha mashg‘ulot jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash, ilmiy-uslubiy asosga ega bo‘lgan metodikalarni joriy etish dunyo miqyosida alohida ahamiyat kasb etadi.

 O‘zbekiston ham bu borada sezilarli yutuqlarga erishib, xalqaro arenada o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Jahon tajribasida taekvondo mashg‘ulotlari quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:

Disiplina va axloqiy tarbiya birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Mashg‘ulotlar katta hajmdagi texnik takrorlashlar (kihap, kiryo, tuls, chagi) orqali olib boriladi. Yuqori intensivlik va tezkorlik — kuch mashqlari asosiy o‘rin tutadi. Yosh sportchilar bilan mashg‘ulotlar avvalo koordinatsiya, muvozanat va mushak moslashuviga qaratiladi. Zamonaviy texnologiyalar (videoanaliz, texnika sensorlari) keng qo‘llaniladi.

Dilnoza G‘aniyeva,

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun