Yangi tartib joriy etilmoqda

Date:

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy va inshootlarni rasmiylashtirish masalasi bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi fuqarolarning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, ko‘chmas mulk obyektlarini tizimli hisobga olish hamda qonunbuzilishlarni kamaytirishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, maxsus ishchi guruhlar tomonidan barcha turdagi ko‘chmas mulklar arizasiz, avtomatik tarzda xatlovdan o‘tkaziladi. Ajratilgan yer maydonlarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy va inshootlar haqidagi ma’lumotlar “E’tirof” axborot tizimiga kiritiladi. Shu orqali Kadastr agentligi tomonidan qonun talablari asosida foydalanishga ruxsat berilgan bino va inshootlarga huquqlar davlat ro‘yxatiga olinadi.

Xatlov jarayonida o‘zboshimchalik qurilishi aniqlangan fuqarolarga inshootni qanday tartibda qonuniylashtirish bo‘yicha tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatiladi. Eng muhimi, xatlovdan so‘ng uch oy ichida uy rasmiylashtirilmasa, bu haqdagi ma’lumot Kadastr agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga, Qurilish vazirligi esa nazorat inspeksiyasiga yuborishi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun