Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

Date:

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazilib, unda “Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish” va “Transport logistikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Tadbir Surxondaryo viloyati IIB YHXBB boshlig‘i, mayor Asqar Mo‘minov rahbarligida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda yo‘l infratuzilmasining holati, haydovchi omili, transportning texnik talablari hamda ekologiya xavfsizlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Talabalar uchun nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan ushbu dars jarayoni yo‘l harakati xavfsizligining eng muhim jihatlarini chuqur anglashga yordam berdi.

Mutaxassislar bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qildi, kelajakdagi ish imkoniyatlari va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Mazkur mashg‘ulot nafaqat bilim, balki kelajak mutaxassislariga mas’uliyat va xavfsizlik madaniyatini singdirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun