96 million dollarlik loyiha boshlandi

Date:

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 96 million dollar bo‘lgan yirik investitsion loyiha amalga oshirila boshlandi. Muzokaralar natijasida tashkil etilgan “Huamian Taifeng Termiz” MChJ tomonidan 3 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida samarali paxta yetishtirish hamda uni to‘liq sanoat zanjiri bo‘yicha qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

Loyiha doirasida 300 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi, shuningdek, yiliga 12 million dollarlik eksport hajmiga erishilishi kutilmoqda. Tadbirkorlik tashabbusi Termiz tumanining olis Gulbahor mahallasida amalga oshirilayotgani esa hududda yangi imkoniyatlar yaratib, aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

Mazkur loyiha zamonaviy texnologiyalar, xorijiy investitsiya va yuqori samaradorlikni birlashtirgan holda paxtachilikning yangi bosqichini boshlab bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Situatsion markaz qurilishiga start berildi

Kunchiqish mamlakatiga amalga oshirilgan tashrif va delegatsiyalar bilan o‘tkazilgan...

Eski obyekt zamonaviy ko‘rinishda

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq filiali hududidagi yana bir...

42 ta xonadon foydalanishga topshirildi

Aholini sifatli turar joy bilan ta’minlash dasturi doirasida o‘tgan...

Qamrov oshadi

O‘tgan yillar davomida davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda farzandlarimizning ilm...
KunTun
KunTun