Qish betalafot oʻtadi

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida muhim infratuzilma yangilanishlari amalga oshirildi. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan ta’lim muassasasi hududiga zamonaviy elektr transformatori o‘rnatildi.

Ushbu yangilanish talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda institut xodimlarining uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashda yangi transformatorning ahamiyati beqiyosdir.

Mutaxassislar tomonidan barcha texnik talablar asosida sifatli montaj ishlari bajarilib, transformator tizimi to‘liq foydalanishga topshirildi. Ushbu ishlar institut infratuzilmasining ishonchliligini oshirish va ta’lim jarayoni uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun