Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

Date:

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida boshqarma rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, korrupsiyaning davlat boshqaruvi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda tizimli yondashuvning ahamiyati haqida batafsil axborot berildi.

Anjumanda sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi va mutasaddilar tomonidan ularga atroflicha javoblar berildi. Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kelgusidagi rejalar va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bekmurod Makhmatqulov,

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

bo‘lim boshlig‘i, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun