Tarix xotirasiga bag‘ishlandi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Matonatli Maryam” badiiy-publitsistik filmining ilk umummilliy premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilayotgan kinoloyihalar doirasida taqdim etildi.

Premyera jarayonida filmning asosiy mazmuni — XX asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olib, ilm-fan yo‘lida izlanishlar qilgan, biroq mustabid tuzumning shafqatsiz siyosiy qatag‘oni qurboniga aylangan fidoyi ayol — Maryam Sultonmurodovaning jasorati va matonatli hayot yo‘li keng yoritildi. Uning fojiali taqdiri, ilmga bo‘lgan sadoqati, xalqimiz xotirasida qoldirgan o‘chmas izlari filmda chuqur badiiy va publitsistik yondashuv bilan aks ettirilgan.

Film nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash, balki bugungi avlodni o‘tmishni anglashga, ajdodlar matonatini qadrlashga chorlovchi muhim ma’naviy-ma’rifiy voqea sifatida tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...

Xalqaro  talablarga  mos: Sifat, standart  va  ishonch…

Bugungi kunda sanoat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh...

3 ta tumanga 230 milliard so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va...

Ta’lim  tizimi  taraqqiyot  bosqichida

Yurtimiz, xususan viloyatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy...
KunTun
KunTun