“16 kunlik faollik”da birlashishdi

Date:

Termiz shahrida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ularning huquqiy hamda raqamli xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusidagi “16 kunlik faollik” aksiyasiga rasmiy start berildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-208-son Farmoni va PQ-401-son Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tadbirda viloyat va shahar miqyosidagi mas’ul idoralar, xotin-qizlar faollari, oila va mahalla mutasaddilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, bugungi kunda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik — ayniqsa, internet makonidagi raqamli tazyiqning dolzarb muammo sifatida ko‘tarilayotganiga e’tibor qaratdilar. Yig‘ilish davomida axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatarlar, onlayn tajovuzlarning oqibatlari, ularning oldini olish bo‘yicha samarali choralar muhokama qilindi.

Aksiyaning 25-noyabrdan 10-dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida shahar bo‘ylab huquqiy-ma’rifiy uchrashuvlar, o‘quv seminarlar, psixologik treninglar, targ‘ibot tadbirlari va profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayonlarda ayollar va qizlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning shaxsiy xavfsizligi va psixologik barqarorligini ta’minlashga alohida urg‘u beriladi.

Ishtirokchilar xotin-qizlar salomatligi, daxlsizligi va huquqlarini himoya qilish borasida barcha idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorlikda faol harakat qilishi zarurligini ta’kidladi. Termiz shahrida “16 kunlik faollik” doirasidagi tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun