Vaqtlari mazmunli o‘tdi

Date:

Termiz davlat universitetida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar tobora kengayib bormoqda. Shunday ezgu tashabbuslardan biri — fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan “Osh chempionati” talaba-qizlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur chempionat nafaqat palov pishirish bo‘yicha iste’dod va mahorat sinovlari, balki jamoaviy ishlash, mas’uliyatni his etish, milliy va oilaviy qadriyatlarga hurmat kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tadbir doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari esa talaba-qizlarning sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etib, ularda faol hayot tarzi va ijobiy kayfiyatni shakllantirishga yordam bermoqda.

Ustozlar tomonidan palovlarning ko‘rinishi va ta’mi bo‘yicha bildirilgan iliq fikr-mulohazalar esa ishtirokchi qizlarga qo‘shimcha ruh, ishonch va intilish bag‘ishladi.

“Osh chempionati” orqali universitetda nafaqat mahorat, balki birlik, qadriyat va sog‘lom turmush tamoyillari yanada mustahkamlanib bormoqda.

Oldingi sahifaHavomiz tozalanmoqda
Keyingi sahifaMarafon etadi davom

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun