Bozorlar raqamlashtirilmoqda

Date:

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Surxondaryoda bozorlarni raqamlashtirish jarayonlari jadallashmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Dehqon oziq-ovqat bozori”da “Click Bazar” dasturining joriy etilishi o‘rganildi. 18 kunlik natijalarga ko‘ra, raqamli tizim bozor tushumlarini o‘rtacha 131 foizga oshirdi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov dastur imkoniyatlarini kengaytirish, uni boshqa bozor va savdo majmualarida tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, 2025–2026-yillar qish-bahor mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirish, sovutkichli omborxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy oziq-ovqat narxlari o‘rganilib, yarmarkalar faoliyatini kuchaytirish hamda narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun