Muhim masalalar muhokama etildi

Date:

Termizda Surxondaryo viloyati saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya a’zolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat hududiy saylov komissiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi, Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining tuman va shahar saylov komissiyalari faoliyatini o‘rganish yakunlari va viloyatda bo‘shab qolgan ayrim deputalik o‘rinlariga o‘tkazilgan mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Hududiy saylov komissiyasining joriy yilga mo‘ljallangan ish rejasi 3 ta bo‘lim va 18 banddan iborat etib tasdiqlangan. Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi natijalari tahlil qilinib, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish hamda saylov komissiyalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, “E-saylov” axborot tizimini modernizatsiya qilish va tizimni takomillashtirish yuzasidan ham Markaziy saylov komissiyasiga takliflar kiritildi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun