Xizmatlar pulli boʻladimi?

Date:

Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi qaroriga ko‘ra, endilikda oilaviy poliklinikalarda yo‘llanmasiz ko‘rsatiladigan rejali tibbiy xizmatlar pullik asosda amalga oshiriladi.

Biroq davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar o‘z kuchida qoladi. Qo‘shimcha, ya’ni bepul paketga kirmaydigan xizmatlar fuqarolar tomonidan oldindan to‘liq to‘lanadi.

Pullik xizmatlardan tushgan mablag‘ning 75 foizi tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan. Maslahat, laboratoriya tahlillari va turli tashxis xizmatlari belgilangan narxlar asosida ko‘rsatiladi. Shunga qaramay, fuqarolar davlat kafolatlagan hajmdagi tibbiy yordamni mutlaqo bepul olish huquqiga ega bo‘lib qoladi.

Mazkur o‘zgarishlar tibbiyot xizmatlarining sifatini oshirish va tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirishni maqsad qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun