Ko‘rinmas xavf

Date:

Ob-havoning sovishi bilan uylarda isitish tizimlaridan, gaz plitalari va qozonxonalardan foydalanish faollashadi. Biroq bunda xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasa, is gazi — inson hayoti uchun juda katta tahdid tug‘diradi.
Is gazi — bu ko‘rinmas, hidsiz, ammo o‘ta zaharli modda bo‘lib, uni nafas orqali qabul qilgan odam 10-15 daqiqa ichida og‘ir zaharlanish holatiga tushib qolishi mumkin. U qonga kirib, gemoglobin bilan birikib, inson tanasiga kislorod yetib borishini to‘sadi.Shu sababli insonda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, hushdan ketish, hatto o‘lim holatlari kuzatiladi. Ko‘p hollarda bu fojialar isitish pechlari, suv isitgichlari va gaz uskunalarini noto‘g‘ri ishlatilganligi oqibatida sodir bo‘ladi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ham is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida jadal targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda mahalla faollari, ta’lim muassasalari va gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda aholini ogohlantirish tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan. Har bir mahallada “Is gazidan ehtiyot bo‘laylik!”, “Ogohlik — hayot kafolati!” shiorlari ostida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Tuman FVBda maxsus profilaktika guruhlari tuzilgan bo‘lib, ular hafta davomida yuzlab xonadon-larda bo‘lib, isitish uskunalarini tekshirish, gaz uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berib, mo‘ri va havo almashinuv tizimlarini ko‘zdan kechirishmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat tuman markazida, balki eng olis qishloq va mahallalarda ham izchil ravishda davom etayotir.
Is gazidan himoyalanish uchun xonalarni muntazam shamollatish, gaz uskunalarini faqat mutaxassislar yordamida o‘rnatish, shamollatish tuynuklarini to‘sib qo‘ymaslik, bolalarni pech yonida yolg‘iz qoldirmaslik, is gazidan zaharlangan jabrlanuvchini darhol toza havoga olib chiqish, yordam chaqirish (103 yoki
112 raqami orqali), agar nafas olmasa — sun’iy nafas berish, jabrlanuvchini yotqizib, issiq saqlash kabi qoidalar aholiga tushuntirilmoqda.

Faxriddin Badalov,
Qumqo‘rg‘on tuman FVB boshlig‘i,
podpolkovnik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Siz bahorning o‘zisiz — Ustoz

Men bahor faslini yoqtiraman. Chunki ustozim — yuragimdagi eng...

Majburiyatni bilasizmi?

Ko‘pchilik sog‘lig‘iga faqat kasallik alomatlari sezilganda, e’tibor beradi. Aslida...

“Zhongtong” — shaharning “arteriyasi”

So‘nggi yillarda Termiz shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish...

9 oyda 7,6 milliard…

Bugungi kunda raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va...
KunTun
KunTun